Biz haqimizda
Alif — ezgu qadriyatlar va zamonaviy texnologiyalarga asoslangan moliyaviy xizmatlarni taqdim etishni o‘z oldiga maqsad qilgan fintex kompaniya.
Biz insonlarning kundalik hayotini oson va qulay qilishga xizmat qiladigan mahsulotlar va xizmatlarni yaratamiz. Bular qatorida Alif superilovasi, Alif Shop marketpleysi, shuningdek, millionlab mijozlar foydalanuvchi bank va texnologik yechimlar kiradi.
3 mln
O‘zbekistonda Alif mijozlarining soni
5000+
O‘zbekiston bo‘ylab hamkorlarning soni
300+
O‘zbekistondagi Alif xodimlarining soni
3
Alif faoliyat yuritayotgan davlatlar
Alif 2014-yilda tashkil etilgan bo‘lib, qisqa vaqt ichida Markaziy Osiyodagi yetakchi fintex kompaniyalardan biriga aylandi. Bugungi kunda biz O‘zbekiston, Tojikiston va Pokistonda muvaffaqiyatli faoliyat yuritamiz. Alif Group’da 1400 dan ortiq xodim turli mamlakatlardagi 4,4 million mijozlarga xizmat ko‘rsatmoqda.
Bizning maqsadimiz nafaqat mahsulot ekotizimini rivojlantirish, balki jamiyatga hissa qo‘shishdir: moliyaviy, ta’lim va texnologik imkoniyatlarni kengaytirish orqali odamlarning turmush darajasini oshirishga intilamiz. Biz muvaffaqiyatni faqat raqamlar bilan emas, balki ishonch, mijozlarning mamnuniyati va hamkasblar farovonligi bilan ham o‘lchaymiz. Insonlar bilan birgalikda va ular uchun barqaror, adolatli kelajak yarata olishimizga ishonamiz.
Faoliyat yuritilayotgan mamlakatlar
O‘zbekiston
Tojikiston
Pokiston
O‘rganilayotgan mamlakatlar
Saudiya Arabistoni
Bangladesh
Misr
Indoneziya
Alif tarixidagi muhim voqealar
2025
Islom taraqqiyot banki guruhiga a‘zo bo‘lgan ITFC‘dan 3 mln dollar investitsiya jalb qilindi.
2024
AQShdagi Accial Capital'dan 20 million dollar investitsiya jalb qilindi.
Buyuk Britaniyaning Cur8 Capital jamg‘armasidan 5 mln dollar investitsiya jalb qilindi.
2023
Alif ilovasi xalqaro kiberxavfsizlik kompaniyasi SNAPSEC tomonidan o‘tkazilgan xavfsizlik tekshiruvidan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Uzcard forumida Alif kompaniyasiga O‘zbekiston fintex sohasini rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasi uchun Uzcard Award mukofoti bilan taqdirlandi.
O‘zbekistonda Alif Academy o‘z faoliyatini boshladi. Yoshlar uchun bepul IT dasturlar taklif etilmoqda.
Alif Shop MDHdan Entrepreneurship World Cup finaliga chiqqan yagona loyiha bo‘ldi.
2021
O‘zbekistonda Alif, Alif Shop va Alif Merchant ilovalari ishga tushirildi.
O‘zbekistonda Alif ML-skoring tizimining ilk versiyasi ishga tushirildi.
ICD Finnovation 2020 mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Alif ilovasining infratuzilmasi bulutli arxitekturaga o‘tkazildi va noldan boshlab ko‘p tilli versiyasi ishlab chiqildi. Ilova yuz minglab foydalanuvchilar uchun to‘xtovsiz ishlash, muddatli to‘lovlarni boshqarish, Visa kartalarini boshqarish va shaxsiylashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
World Islamic Fintech Awards tanlovida birinchi o‘rin egalladi.
2020
Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) bilan strategik hamkorlik shartnomasi imzolandi.
O‘zbekistonda elektron pul va to‘lovlar bo‘yicha litsenziya olindi.
IFC bilan korporativ boshqaruvni rivojlantirish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Shveysariyaning xususiy banki CBH (Compagnie Bancaire Helvétique SA) Alif'ning aksiyadoriga aylandi.
2019
"Alif Tech" O‘zbekistonda IT Park rezidenti maqomini oldi.
"Alif Tech" MCHJ O‘zbekistonda dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi sifatida, “Alif Moliya” MCHJ esa moliyalashtiruvchi va savdo kompaniyasi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Ular texnik yordam ko‘rsatish hamda POS-moliyalashtirish xizmatlarini taqdim etish uchun tashkil etilgan.
Alif jamoasi
Qalblarni zabt etishga intiladigan jamoa. Biz — katta maqsad va imkoniyatlarga ega jamoamiz.
Mahsulotlarimiz ortida ularni jamiyat manfaati uchun mehr va ishonch bilan yaratayotgan insonlar turadi. Har bir g‘oya hamkorlik, ijodkorlik va foydali natija yaratishga intilishdan kelib chiqadi. Biz o‘z asosiy yechimlarimizni ishlab chiqdik — bank tizimi va CRM’dan tortib, Alif va Alif Shop ilovalarigacha. Ammo eng muhimi — bu birlashgan, professional jamoa, bir-birini ilhomlantiradigan, tajriba ulashadigan va kompaniyani birgalikda rivojlantiradigan mutaxassislar jamoasidir.
Bizning qadriyatlarimiz
Biz barcha mahsulotlarimiz va faoliyatimizda eng yuqori axloqiy me’yorlarga sodiqmiz. Har bir xodim 7 ta qadriyatni qadrlaydi, ular Alif madaniyatining asosini tashkil qiladi